Mahkumlarning har 1 ta o'qigan kitobiga 3 kundan jazo muddati qisqartiriladi
O'zbekiston
Kuni kecha 13-fevral kuni, Oliy Majlis Qonunchilik Palatasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Mazkur yig'ilishda, mahkumlarni axloqan tuzatish ishlari samaradorligini oshirishga qaratilgan qonun loyihasi muhokama qilindi.
Ushbu loyiha bilan Jinoyat kodeksiga kitob o‘qishga jalb qilish orqali mahkumlarni axloqan tuzatish bo‘yicha yangi 74-1-modda kiritilmoqda.
Unga ko‘ra, faqat jazo muddatini to‘liq o‘tashi lozim bo‘lgan mahkumlarga nisbatan tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha 1 ta kitob o‘qigan va belgilangan tartibda imtihon topshirgan taqdirda jazosini 3 kunga qisqartirish nazarda tutilmoqda.
Shuningdek, ushbu kodeksning 73, 74-moddalari asosida esa jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki yengilrog‘i bilan almashtirish masalasini hal etish vaqtida inobatga olinishi belgilanyapti.
Bundan tashqari, o‘zini o‘zi tarbiyalash yo‘li bilan tuzalish yo‘liga o‘tganligini tasdiqlovchi harakatlarni bajarishi munosabati bilan jazo muddatini qisqartirishni protsessual tartiblari hamda zarur bo‘lgan adabiyotlar bilan ta’minlashni belgilash bo‘yicha Jinoyat-protsessual kodeksi 536-1-moddasi, Jinoyat-ijroiya kodeksi 80-1-moddasi bilan to‘ldirish nazarda tutilmoqda.
Qonun loyihasining qabul qilinishi mahkumlarni ijtimoiy foydali mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishga jalb qilish orqali axloqan tuzatish ishlari samaradorligini oshirishga hamda qonunning tarbiyaviy ta’sirni kuchaytirishga xizmat qiladi.
Qonun loyihasi birinchi o‘qishda konseptual jihatdan qabul qilindi.

Powered by Froala Editor