Makkada birinchi o‘zbek milliy taomlari restorani ochiladi

Dunyo

28-noyabr kuni Makka shahrida birinchi o‘zbek milliy taomlar restorani ochiladi. Unga bosh oshpaz, novvoy va boshqa xodimlari O‘zbekistondan jalb etiladi.

Makkada birinchi o‘zbek milliy taomlari restorani ochiladi
O‘zbekistonning Jiddadagi Bosh konsulligida Saudiya Arabistonida tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan vatandosh bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

Qayd etilishicha, muloqot chog‘ida O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, xorijda yashayotgan vatandoshlar bilan munosabatlarni mustahkamlash, investitsiyaviy va sayyohlik muhitining jozibadorligini oshirish bo‘yicha qilinayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildgan.

“Xorijda uzoq yillardan beri restoran biznesi bilan shug‘ullanib kelaman. Makkada o‘zbek milliy taomlariga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqib, ushbu shaharning markaziy qismida yangi tamaddixona ochyapmiz. Ushbu restoranga “O‘zbekiston” deb nom qo‘ydik”, degan vatandosh o‘z navbatida.

Yangi tashkil etilayotgan restoranga bosh oshpaz, novvoy va boshqa xodimlarni O‘zbekistondan jalb etishga kelishib olindi. Makka shahridagi “O‘zbekiston” birinchi milliy taomlar restoranining rasmiy ochilish marosimi 28-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing