Toshkent shahrida issiq suv vaqtincha o‘chirildi

Toshkent shahrida istiqomat qilayotgan fuqarolar uchun muhim e’lon, 28-apreldan 2-maygacha poytaxtning 7 ta tumanida issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu cheklov Toshkent Issiqlik Elektr Markazi (ToshIEM) tomonidan М-0, М-5 va М-8 magistral tarmoqlarida olib borilayotgan rejaviy profilaktika ishlari sababli amalga oshirilmoqda.

Toshkent shahrida issiq suv vaqtincha o‘chirildi
Issiq suv o‘chiriladigan hududlar quyidagilar:

Mirobod tumani: Afrosiyob, Shahrisabz, Taras Shevchenko, Nukus, Aybek, Fidokor, Avliyoota, Moshtabib, Mirabad, Yakuba Kolosa, Chimkentskaya, Yahyo Gulyamova, Buyuk Turon, Istiqlol, Zarafshon, Buxoro, Sodiq Azimov, Said Baraka, Heydar Aliyev, Abdulla Avloniy va Markaz-7 ko‘chalarida yashovchilar vaqtincha issiq suv ta'minotisiz qoladilar.

Chilonzor tumani: Arnasay, Katta Chilonzor, Mukimi, Seulskaya, Choponota, Lutfiy, Bogiston, Imom at-Termiziy ko‘chalari va Chilonzor kvartallari (1, 2, 3, 5, 6, 7, 8, 9, E, I, Markaz).

Shayxontohur tumani: Navoiy, Nurafshon, Gulxaniy, Samarqand Darvoza mahallalari hamda Aktepe mavzesi va mikrorayoni.

Yunusobod tumani: Amir Temur prospekti, Sharof Rashidov ko‘chasi, Sayilgoh va Matbuotchilar ko‘chasi atrofidagi hududlar.

Yakkasaroy tumani: Glinka, Shota Rustaveli, Bogibuston, Askiya, Shaxjahon, Jamshid Shoshiy, Urikzor, Bogtepa va Jiydazor proyezdlarining ayrim qismlari, Belarik, Kichik halka yo‘li, Kichik Beshagach, Abdulla Qahhor, Qushbegi, Bashliq, Babur va Islom Karimov ko‘chalari.

Sergeli tumani: Qumariq, Oltin vodiy hamda Uchuvchilar shaharchasida istiqomat qiluvchilar.

Yashnobod tumani: Elbek va Sodiq Azimov ko‘chalarida joylashgan xonadonlar.

Ushbu ishlar shahar infratuzilmasini yaxshilash va kelgusida issiq suv ta’minotida uzluksizlikni ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda. Aholidan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing