Toqayev Qozoğiston Milliy xavfsizlik qömitasi rahbarini almaştirdi

Dunyo

Qozoğiston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Ermek Sağimbayevni Milliy xavfsizlik qömitasi (MXQ) raisi lavozimidan ozod etib, uning örniga avval qömita raisi örinbosari bölib işlagan Marat Irmenovni tayinladi. Tegişli farmon 16-noyabr kuni imzolangan, deb xabar berdi Oqörda.

Toqayev Qozoğiston Milliy xavfsizlik qömitasi rahbarini almaştirdi
Prezident matbuot xizmati kadrlar qarorining sabablarini ma’lum qilmadi. Maxsus xizmat rahbari almaşinuvi yirik davlat kompaniyalari rahbarlari korrupsiya jinoyatiga aloqadorlikda gumon qilinib, qölga olinganidan bir neça kun ötib yuz berdi.

Farmonga köra, Marat Ğatulloviç Irmenov Qozoğiston Respublikasi Milliy xavfsizlik qömitasi raisi etib tayinlandi va avvalgi lavozimidan ozod qilindi. U tayinlovga qadar MXQ raisi örinbosari sifatida faoliyat yuritgan. Ermek Sağimbayev esa qömitaga 2022-yil yanvaridan buyon rahbarlik qilib kelayotgan edi.

13-noyabr kuni Toqayev Sağimbayevni qabul qilgan. Oqörda ma’lumotiga köra, prezidentga qömitaning terrorizm va ekstremizm, uyuşgan jinoyatçilik hamda narkobiznesga qarşi kuraşiş böyiça faoliyati yuzasidan hisobot berilgan. Uçraşuvda korrupsiyaga qarşi kuraş, kiberxavfsizlik va axborot xavfsizligini ta’minlaş masalalari ham muhokama qilingan. Qabul yakunida davlat rahbari milliy xavfsizlik organlari faoliyatiga oid topşiriqlar bergan.

Uşbu uçraşuv MXQ «Samruk-Qazyna» jamğarmasi boşqaruvi raisi Nurlan Jaqipov, «Qazaqstan temir joli» milliy kompaniyasi rahbari Yeljas Ötinşiyev va boşqa şaxslar qölga olinganini e’lon qilganidan bir kun ötib bölib ötgan. Ular korrupsiyaga oid jinoyatni sodir etişda gumon qilinmoqda. Qömita ma’lumotiga köra, qölga olişlar 11-noyabr kuni uning Korrupsiyaga qarşi xizmati tomonidan amalga oşirilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Sağimbayevning lavozimdan ozod etilişi bilan mazkur qölga olişlar örtasida rasmiy boğliqlik e’lon qilinmagan. Prezident ma’muriyati MXQ rahbariyatidagi özgariş tergov bilan boğliq ekanini ham bildirmadi.

16-noyabr kuni Toqayev Irmenovni qömita rahbariyatiga taniştirib, idora oldidagi vazifalarni belgilab berdi. Ular orasida milliy xavfsizlik tizimini isloh qiliş, faoliyat samaradorligini oşiriş va korrupsiyaga qarşi kuraş bor.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing