Makron va Zelenskiy xavfsizlik shartnomasini imzolaydilar

Siyosat

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Vladimir Zelenskiyning tashrifi chog‘ida Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha ikki tomonlama shartnoma imzolash niyatida ekanligini ma’lum qildi.

Makron va Zelenskiy xavfsizlik shartnomasini imzolaydilar
Makron Zelenskiy bilan Fransiya va Germaniyada bo‘lajak uchrashuv haqida fikr bildirdi. U ikki tomonlama uchrashuv 16-fevralga rejalashtirilganini tasdiqladi va Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha shartnoma tuzish niyatida ekanligini ma’lum qildi. Fransiya Ukraina bilan bunday shartnoma tuzgan ikkinchi davlatga aylanadi.

2023-yil noyabr oyida Fransiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Ann-Kler Lejendre Parijning Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlarini taqdim etishi tafsilotlarini oshkor qildi. Shartnoma uzoq muddatli harbiy yordamni o'z ichiga oladi, shuningdek, gumanitar sohalarni va Ukrainani qayta tiklash jarayonidagi ishtirokni o’z ichiga oladi.

Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak 12-yanvar kuni Kiyevga tashrifi chog‘ida Zelenskiy bilan xuddi shunday ikki tomonlama shartnoma tuzgan edi. Shartnoma Ukraina NATOga a'zo bo'lgunga qadar yoki uzaytirish imkoniyati bilan o'n yil davomida amal qiladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing