Markaziy Bank asosiy stavkani 13,5 foizda saqlab qoldi

Iqtisodiyot

Markaziy bank 2024-yil 12-dekabrda o‘tkazilgan yig‘ilishida asosiy stavkani yillik 13,5 foiz darajasida saqlab qolish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu qaror iqtisodiyotda yuqori talab va narxlarga bosimlarning saqlanib qolishi va inflyatsion kutilmalarning yuqori shakllanishi bilan bog‘liq.

Markaziy Bank asosiy stavkani 13,5 foizda saqlab qoldi
Yil yakunida inflyatsiya prognozi yuqori chegaralarda bo‘lishi kutilmoqda. So‘nggi oylarda inflyatsiya sekin pasayib, noyabrda 10 foizni tashkil etdi. Oziq-ovqat narxlari barqarorlashgani bilan, xizmatlar va nooziq-ovqat tovarlarining narxlari o‘sishda davom etmoqda.

Pul-kredit sharoitlari qat’iyligi inflyatsiyani 5 foizga pasaytirishga yordam berish maqsadida saqlanmoqda. Iqtisodiyotda yuqori talab va ish haqi o‘sishi inflyatsiya bosimining davom etishiga olib kelishi mumkin.

Markaziy bankning asosiy stavkasi bo‘yicha navbatdagi yig‘ilish 2025-yil 23-yanvarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing