Markaziy Osiyo sun’iy intellekt davrida jurnalistikaning kelajagini muhokama qildi
Dunyo
Bishkekda davlat idoralari, OAV, fuqarolik jamiyati, akademik doiralar va xalqaro tashkilotlarning 120 nafardan ortiq vakili 26-Markaziy Osiyo media konferensiyasida ishtirok etdi. OAV erkinligi masalalari bo‘yicha YXHT vakili ofisi ko‘magida tashkil etilgan tadbir raqamli transformatsiya sharoitida yangiliklarning ishonchliligi, media etikasi va jamoatchilik ishonchiga bag‘ishlandi.
Konferensiyada Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston vakillari qatnashdi. Muhim mavzulardan biri sun’iy intellekt va raqamli platformalarning jurnalistlar faoliyati hamda mintaqaviy media muhitiga ta’siri bo‘ldi.
Ishtirokchilar tahririyatlarda sun’iy intellektdan foydalanish, dezinformatsiyaga qarshi kurashish, media plyuralizmini saqlash va materiallarning ishonchliligini ta’minlash masalalarini ko‘rib chiqdilar. Shuningdek, OAV faoliyatining huquqiy va iqtisodiy shartlari, kasbiy etika va o‘zini o‘zi tartibga solish masalalari muhokama qilindi. Mustaqil matbuot kengashlari faoliyati, materiallar yuzasidan shikoyatlarni ko‘rib chiqish va tahririyatlarning mas’uliyatiga ham alohida e’tibor qaratildi.
Kun tartibidan media savodxonligini oshirish, auditoriya ishonchini mustahkamlash va jurnalistlarning raqamli xavfsizligini ta’minlash masalalari ham o‘rin oldi. Mutaxassislar axborot manbalari, shaxsiy ma’lumotlar va kasbiy muloqotlarni himoya qilish, shuningdek, kiberxavflarga qarshi choralarni muhokama qildilar.
YXHTning OAV erkinligi masalalari bo‘yicha vakili Yan Bratu auditoriya yangiliklarni tobora ko‘proq ijtimoiy tarmoqlar, raqamli platformalar va messenjerlar orqali olayotganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday sharoitda axborot ishonchliligi, jurnalistikaning kasbiy standartlari va mutaxassislarni raqamli muhitda ishlashga tayyorlash alohida ahamiyat kasb etadi.
Konferensiya yakunida mintaqaviy media hamkorligini rivojlantirish, kasbiy standartlarni takomillashtirish, tahririyatlarda sun’iy intellektdan foydalanish va jurnalistlarning raqamli xavfsizligini kuchaytirish bo‘yicha amaliy yondashuvlarni ishlab chiqish taklif etildi.
Tadbir doirasida Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Qayrat Tursunkulov Yan Bratu bilan uchrashdi. Tomonlar hamkorlikni rivojlantirish, mintaqa OAV o‘rtasida tajriba almashish va jurnalistikaning kasbiy standartlarini takomillashtirish masalalarini muhokama qildilar.

Powered by Froala Editor