Markaziy Osiyoning uchta davlatida suv toshqini haqida ogohlantirish tizimlari o‘rnatiladi

O'zbekiston

BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (YUNESKO) ishtirokida Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘izistonda suv toshqini haqida ogohlantirish tizimlari o‘rnatiladi. Bu haqda TASS YUNESKO bosh direktori Odri Azulega asoslanib xabar bermoqda.

Markaziy Osiyoning uchta davlatida suv toshqini haqida ogohlantirish tizimlari o‘rnatiladi
Dushanbeda boʻlib oʻtayotgan “Barqaror rivojlanish uchun suv” yuqori darajadagi xalqaro konferensiya doirasidagi muzliklarga bag’ishlangan forumda soʻzga chiqib, u YUNESKOning ilmiy mandati ostidagi maqsadlaridan biri aholining muzliklar erishiga qanchalik zaif ekanligini aniqlash ekanligini taʼkidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, joriy yilning yozida Qozog‘istondagi Talgar daryosi havzasida, O‘zbekistondagi Pskem daryosi havzasida va Qirg‘izistonning Oloy vodiysida suv toshqini haqida ogohlantirish tizimlari o‘rnatiladi. “Biz bu tizimni Tojikistonda ham joriy etishni rejalashtirmoqdamiz”, — dedi u.

Azule o'z nutqi davomida YUNESKOning 2022-yilgi ma'ruzasini ham esladi, unda 2050-yilga kelib muzliklar tashkilotning jahon merosi ro'yxatiga kiritilgan obyektlarning uchdan bir qismida yo'q bo'lib ketishi ko'rsatilgan. “Ammo biz baribir o’z hissamizni qo’shib, qolgan uchdan ikki qismini himoya qilishimiz mumkin, chunki bu muzliklar insoniyatning umumiy merosidir va shuning uchun biz birgalikda harakat qilishimiz kerak”, — dedi u.

10–13-iyun kunlari Dushanbe shahrida “Barqaror rivojlanish uchun suv 2018–2028” konferensiyasi boʻlib oʻtmoqda. Unda 100 dan ortiq davlatdan siyosatchilar, olimlar, ekspertlar va vakillar ishtirok etmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing