Mbappe va Dembele Fransiyani JCh-2026 yarim finaliga olib chiqdi
Sport
Fransiya terma jamoasi Marokashni 2:0 hisobida ishonchli mag‘lub etib, 2026-yilgi jahon chempionatining ilk yarim finalchisiga aylandi. Didye Desham jamoasi chorak final uchrashuvi davomida vaziyatni nazorat qildi va ikkinchi bo‘limdagi ikki gol bilan bahs taqdirini hal etdi.
Fransuzlar dastlabki daqiqalardan maydon markazida ustunlikni qo‘lga kiritib, raqibning hujum imkoniyatlarini chekladi. Turnirdagi so‘nggi Afrika vakili Marokash darvozabon Yassin Bunu seyvlaridan so‘ng uzoq vaqt hisobni ochishga imkon bermadi.
Birinchi bo‘limda Bunu Kilian Mbappening penaltisini qaytardi. Biroq 60-daqiqada Fransiya sardori jarima maydoni tashqarisidan aniq zarba bilan hisobni ochdi. Bu Mbappening turnirdagi sakkizinchi goli bo‘lib, u JCh-2026 to‘purarlari poygasida Lionel Messiga tenglashdi.
Olti daqiqadan so‘ng Usmon Dembele Fransiya ustunligini ikki baravarga oshirdi. Marokash o‘yin borishini o‘zgartirishga urindi, ammo “uch ranglilar” himoyasi raqibga uchrashuvga qaytish imkonini bermadi.
77-daqiqada Mbappe to‘pig‘idagi og‘riq sabab maydonni tark etdi. Bosh murabbiy Didye Desham uchrashuvdan so‘ng jarohat jiddiy emasligini ma’lum qildi.
Fransiya ketma-ket uchinchi bor jahon chempionati yarim finaliga chiqdi. Jamoa 14-iyul kuni Ispaniya — Belgiya uchrashuvi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.

Powered by Froala Editor