MDH, KXSHT va SHHT Markaziy Osiyo xavfsizligini mustahkamlash uchun sa’y-harakatlarni birlashtirmoqda
Dunyo
Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXSHT), Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) va Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) vakillari Moskvada Markaziy Osiyo xavfsizligini ta’minlash va Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha umumiy yondashuvlarni muhokama qildi. Xalqaro konferensiyada terrorizm, narkotik moddalar savdosi, chegaralarni qo‘riqlash, gumanitar muammolar va mintaqaviy tuzilmalar harakatlarini muvofiqlashtirish asosiy mavzular bo‘ldi. Uchrashuv Rossiyaning KXSHTga raisligi doirasida o‘tkazildi.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Markaziy Osiyoni butun Yevrosiyo xavfsizligining muhim qismi deb atadi. U Afg‘oniston hududidan terrorizm tarqalishi xavfidan ogohlantirib, KXSHT, MDH va SHHTning muvofiqlashtirilgan harakatlari zarurligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva afg‘on xalqiga iqtisodiy va gumanitar yordam ko‘rsatishni davom ettirishga tayyor.
KXSHT bosh kotibi Taалатбек Масадыков uch tashkilot o‘rtasidagi muvofiqlikni kuchaytirishga chaqirdi. U ustuvor yo‘nalishlar qatorida preventiv diplomatiya, terrorizm va narkotrafikka qarshi kurash, axborot xavfsizligi, razvedka ma’lumotlari almashinuvi hamda qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni sanab o‘tdi. Shuningdek, Yaqin Sharqdagi beqarorlik va sanoat, transport hamda energetika infratuzilmasini himoya qilish bilan bog‘liq xatarlarga e’tibor qaratdi.
MDH bosh kotibi Sergey Lebedev tashkilotning siyosiy-diplomatik imkoniyatlari, KXSHTning mudofaa salohiyati va SHHTning iqtisodiy hamda aksilterror vositalari bir-birini to‘ldirishi kerakligini bildirdi. U Afg‘onistonni barqarorlashtirish, iqtisodiyotini rivojlantirish, gumanitar yordam ko‘rsatish va mamlakatni mintaqaviy loyihalarga jalb etish zarurligini ta’kidladi.
SHHT bosh kotibining o‘rinbosari Ahmad Saidmurodzoda Afg‘onistondagi vaziyat hozircha nazorat ostida ekanini, biroq uning keskin yomonlashish xavfi saqlanib qolayotganini aytdi. Xalqaro yordamning qisqarishi va Pokiston bilan chegaraning yopilishi gumanitar vaziyatni og‘irlashtirib, tashqi savdoni kamaytirmoqda. U Kobulni SHHT davlatlari ishtirokida ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni faolroq rivojlantirishga chaqirdi.
Tojikiston vakillari Afg‘onistonga gumanitar ko‘mak, elektr energiyasi yetkazib berish va CASA-1000 kabi infratuzilma tashabbuslari haqida ma’lumot berdi. Tojikiston terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha navbatdagi yuqori darajadagi konferensiyani 2027-yilda Dushanbeda o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Muhokamalarda tahdidlarga qarshi amaliy choralar ham ko‘rib chiqildi. Rossiya vakili Zamir Kabulov Afg‘oniston hukumati terrorchi guruhlarga qarshi kurashayotgani, opiatlar ishlab chiqarish qisqargani va 2026-yilning birinchi yarmida Rossiya–Afg‘oniston tovar ayirboshlash hajmi ikki baravar oshganini ma’lum qildi. Boshqa ishtirokchilar iqtisodiy rivojlanish, yangi ish o‘rinlari, mutaxassislar tayyorlash va xavflarni erta aniqlash tizimlarining ahamiyatini ta’kidladi.
Konferensiya yakunida ishtirokchilar transchegaraviy tahdidlarga qarshi kurashish hamda Afg‘oniston va Markaziy Osiyoda barqarorlikni ta’minlash uchun KXSHT, MDH va SHHT hamkorligini davom ettirishga tayyor ekanini bildirdi.

Powered by Froala Editor