Medvedev: Tramp Ukrainadagi mojaroni tugatishi mumkin

Dunyo

Rossiya Xavfsizlik Kengashi raisining o‘rinbosari Dmitriy Medvedevning so‘zlariga ko‘ra, AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp Ukrainadagi mojaroni hal qilishga erishishi mumkin, ammo Rossiya faqat o‘z kuchlariga tayanadi va g‘alabasiga ishonadi.

Medvedev: Tramp Ukrainadagi mojaroni tugatishi mumkin
Bu haqda Medvedev "Al Arabiya*" telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb xabar beradi "Report".

"Biz shuni anglaymizki, saylangan prezident Tramp pragmatik odam. Janob Tramp hamma oldida bu mojaroni qisqa vaqt ichida to‘xtatish bilan shug‘ullanishini aytdi. Va u buni qila oladi, chunki barcha kalitlar Vashingtonda", - dedi Medvedev.

Shu bilan birga, u Moskva Trampga yoki boshqa birovga umid qilmasligini ta’kidladi: "Biz faqat o‘z kuchlarimizga tayanamiz. Biz o‘z mudofaa qobiliyatimizga, ushbu mojaroning taqdiriga va bu mojaroda shubhasiz g‘alabamizga, shuningdek, boshqa mamlakatlar bilan munosabatlarni qurish bo‘yicha faqat o‘zimizga ishonamiz".

2024-yil 5-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan AQSh prezidentlik saylovlarida Donald Tramp demokratlar vakili Kamala Harrisni mag‘lub etdi. Uning inauguratsiyasi 2025-yil 20-yanvarda bo‘lib o‘tadi.

Tramp bir necha bor Ukrainadagi mojaroni imkon qadar tezroq to‘xtatishni rejalashtirayotganini ma'lum qilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing