Meta O‘zbekistonda ofis ochishi mumkin

O'zbekiston

O‘zbekistonda Meta kompaniyasi (Facebook, Instagram, WhatsApp, Threads) vakolatxonasini ochish masalasi muhokama qilinmoqda. Bu haqda kompaniya vakillari va Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) o‘rtasidagi uchrashuvda ma’lum qilindi.

Meta O‘zbekistonda ofis ochishi mumkin
Uchrashuvda uchta asosiy yo‘nalish ko‘rib chiqildi:
– Meta vakolatxonasini O‘zbekistonda ochish;
– reklama joylashtirishda firibgarlikning oldini olish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish;
– raqamli kontent yaratuvchilarni qo‘llab-quvvatlash va monetizatsiya tizimini rivojlantirish.

Meta tomonidan uchrashuvda Janubiy va Markaziy Osiyo davlatlari uchun siyosiy masalalar bo‘yicha direktor Sarim Aziz, mintaqaviy rahbar Senura Abeyvardena, hukumat bilan aloqalar bo‘yicha menejerlar Aurora Li va Yerasil Kalixan ishtirok etdi.

Tomonlar raqamli platformalarni tartibga solish, foydalanuvchilar xavfsizligini ta’minlash va adolatli monetizatsiya tizimini rivojlantirish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘rnatish muhimligini qayd etdi.

Uchrashuv yakunida hamkorlikni davom ettirish va aniq yo‘nalishlarni ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing