Miley Britaniyani Folklend orollarini Argentinaga qaytarishga chaqirdi

Dunyo

Argentina prezidenti Xavyer Miley Buenos-Ayres Folklend orollarini o‘z hududi deb bilishini va ularni diplomatik yo‘l bilan qaytarishga umid qilayotganini yana bir bor bildirdi. Uning bayonoti Buyuk Britaniya bilan arxipelag suvereniteti bo‘yicha davom etayotgan bahs fonida yangradi.

Miley Britaniyani Folklend orollarini Argentinaga qaytarishga chaqirdi
«Buyuk Britaniyaning katta muammolari bor. Bugun Shotlandiya, Uels va Shimoliy Irlandiyaning ajralib chiqishini talab qilayotganlar bor. Shuning uchun, ehtimol, bir payt kelib, Britaniya — Xudo xohlasa, o‘z fikrini o‘zgartiradi — bizga tegishli orollarni qaytaradi», — dedi Miley.

Argentina orollarni Malvin orollari deb ataydi va ularning maqomini diplomatik vositalar orqali o‘zgartirishga intilmoqda. Buyuk Britaniya esa arxipelag ustidan nazoratni saqlab, orol aholisi o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqiga ega ekanini ta’kidlaydi.

Sentabr oyida Argentina hukumati orollarda ruxsatsiz faoliyat yuritayotgan kompaniyalarga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirishni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasini ham taqdim etdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing