Mirziyoyev HAMAS va Isroilni oʻt ochishni toʻxtatishga chaqirdi
Siyosat
Prezident Mirziyoyev O‘zbekiston Falastinning o‘z mustaqil davlatini yaratish huquqini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
“Biz Falastin xalqi bilan mustahkam birdamligimizni bildiramiz va ularning Bosh Assambleya va BMT Xavfsizlik Kengashining ilgari qabul qilingan rezolyutsiyalariga muvofiq o‘z mustaqil davlatini barpo etish huquqini qo‘llab-quvvatlaymiz”, — dedi prezident.
Shuningdek, u Falastin-Isroil mojarosida qatnashayotgan tomonlarni o‘t ochishni to‘xtatish va mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilishga chaqirdi.
“Zo‘ravonlik yanada avj olaversa, bu xalqaro vaziyatning keng miqyosda izdan chiqishiga, qurolli to‘qnashuvlarga yangi kuchlar tortilishiga olib keladi.
Bularning barchasi Yaqin Sharq mintaqasi bilan cheklanmay, uzoq o‘lkalarga ham tarqalib ketadigan, oqibatini bashorat qilib bo‘lmaydigan fojialarga olib kelishi mumkin.”, — dedi davlat rahbari.

Powered by Froala Editor