Miya uchun ozuqa: biznes, moliya va iqtisod haqida 10 ta kitob
Maxsus loyiha
Bilim ― biznes olamidagi muvaffaqiyat kalitidir. Tadbirkorlik, yetakchilik va strategik fikrlash bo'yicha kitoblarni mutolaa qilish ko'nikmalarni rivojlantirish va dunyoqarashni kengaytirish uchun kuchli vositaga aylanishi mumkin. Mazkur maqolada malakangizni oshirishga, oqilona qarorlar chiqarishga va biznesingizda muvaffaqiyatga erishishda qo’l keladigan 10 ta muhim kitobni e’tiboringizga havola etamiz.
Rey Dalio "Dunyo tartibini o'zgartirish tamoyillari"
Taniqli milliarder investor va moliya olamidagi eng buyuk innovatorlardan biri Rey Dalio so‘nggi 500 yil ichida kuchli iqtisodiyotlarning o‘sish va pasayish qonuniyatlarini o‘rganib chiqdi. Uning izlanishlari natijasida jahondagi yirik davlatlarning tarix mobaynida, jumladan, urush davrlaridagi oq va qora kunlarini belgilab beruvchi “Buyuk sikllar” aniqlandi. Dalio yaqin kelajakda dunyo tartibotida qanday ulkan o'zgarishlar kutilishi kerakligi haqida taxminlar qildi.
Bir qarashda makroiqtisodiyot va geosiyosatning umumiy ko‘rinishi bo‘lib ko‘ringan ushbu kitob bugungi kunda o‘zgarishlarga tayyor bo‘lishga, bugun va kelajakni yaxshiroq anglashga, oqilona sarmoya kiritishga, strategiya ishlab chiqishga intilayotgan barcha darajadagi rahbarlar va tadbirkorlar uchun ayniqsa muhimdir.
Eshli Vens "Ilon Mask: Tesla, SpaceX va kelajakka yo'l"
Taniqli texnologiya jurnalisti Eshli Vens hozirgi avlodning eng jasur tadbirkorining hayoti va yutuqlariga o’zgacha va chuqur nazar tashlaydi. Ilon Maskning o'zi, uning oilasi va yaqin do'stlari bilan o’tkazilgan betakror suhbatlarga asoslangan ushbu hikoya Maskning hayotidagi qiziqarli voqealarni — uning Janubiy Afrikadagi bolalik yillaridan to umumjahon biznesning eng yuqori cho'qqisidagi hozirgi holatigacha so’zlab beradi. Kitob yuqori sifatli biografik adabiyotlarning barcha muxlislari, xususan, yetakchilik mohiyatiga qiziquvchilar va yangi texnologiyalar sohasidagi innovatsiyalardan boxabar bo’lishga intiladigan kishilarning diqqatini tortishi shubhasiz.
Jim Kollinz "Yaxshidan buyukga"
Ishbilarmonlik adabiyoti olamining hurmatli arbobi Jim Kollinz butun dunyoga tarqalgan va 10 million nusxadan ortiq sotilgan asarlari bilan mashhur bo'ldi. Uning “Yaxshidan buyukga” asarida yaxshidan buyuk natijalarga erishgan “Abbott, Circuit City, Fannie Mey, Gillette, Kimberly-Clark, Kroger, Nucor, Philip Morris, Pitney Bowes, Walgreens, Wells Fargo” kabi kompaniyalar tajribasi tahlil qilinadi. Ushbu kompaniyalar 15 yil davomida yuqori ko'rsatkichlarni saqlab qolishga muvaffaq bo'lishgan. Misol uchun, 2000-yilga kelib, 1965-yilda ushbu kompaniyalarga kiritilgan atigi 1$ sarmoya 471 marta, bozordagi boshqa kompaniyalarga kiritilgan sarmoya esa 56 marta ko'paygan bo'lar edi. Muallifning ta’kidlashicha, kitobda keltirilgan g‘oya va konsepsiyalarni izchil amalga oshirish deyarli har qanday tashkilot faoliyatini tubdan yaxshilab, chinakam ajoyib natijalarga olib kelishi mumkin.
Jeyson Frid, Devid Xaynemeyer Xansson “Rework: xurofotsiz biznes"
Kitob mualliflari o'quvchilarga biznesni yaratish va takomillashtirishda o'ziga xos yondashuvni taklif qiladilar. U nafaqat o'z biznesingizni, ehtimol hatto asosiy ish bilan parallel ravishda boshlashingizga, balki umuman biznes haqidagi tasavvuringizni qayta ko'rib chiqishga ko’maklashadi. Kitob oson o'qiladi, rag'batlantiradi va ilhomlantiradi, muvaffaqiyatli tadbirkorlik borasidagi shubhalarni yo’qqa chiqarishga hamda sohaga oid tushunchangizni kengaytirishga yordam beradi. U ko'plab samarali, amaliy tavsiyalar bilan bir qatorda, biznesda qotib qolgan yondashuvlarni qayta ko'rib chiqishga chaqiradi. Zero, aynan shu kabi unsurlar muvaffaqiyatga to'sqinlik qiladi.
Eliyahu M. Goldratt, Jeff Koks "Maqsad: Uzluksiz ravishda mukammallanish jarayoni"
Mualliflar kompaniyalarni o'z biznesidagi asosiy cheklovlarni aniqlashga va ushbu cheklovlardan to’laqonli foyda olish maqsadida ishlash usullarini o'zgartirishga undaydi. Amerikani Cheklovlar nazariyasi bilan tanishtirgan maroqli biznes romanida Eliyaxu Goldratt korxonalarning gullab-yashnashiga turtki bo’ladigan sanoatni tashkil etishning asosiy tamoyillarini olish uchun muammolarni qanday mantiqiy tahlil qilishni ko'rsatadi. Kitobni mutolaa qilgach, har kim ajoyib tadbirkorga aylanishi mumkinligini, siz shunchaki tavakkal qilishingiz va mavjud sharoitlarga jasorat bilan qarshi turishingiz kerakligini tushunasiz. Kitob triller janrida yozilgan bo'lib, mutolaa jarayonini yanada maroqli qiladi.
Stiv Blank “Ma’rifat sari to'rt qadam. Muvaffaqiyatli startaplarni yaratish strategiyalari”
Stiv Blank texnologik startaplar olamidagi asosiy shaxslardan biridir. U o‘zining “Ma’rifat yo’lidagi to'rt qadam” kitobida g‘oyaning paydo bo‘lishidan to kompaniyaning muvaffaqiyatli ishga tushirilishigacha bo‘lgan barcha bosqichlarni qamrab olgan biznes strategiyasi bo‘yicha klassik qo‘llanmani taqdim etdi. Dunyo bo'ylab 100 000 dan ortiq startaplar Stiv Blankning mijozlarni rivojlantirish (Customer Development) metodologiyasidan g’oyalarni sinovdan o'tkazishga ilmiy yondashuv asosida yangi mahsulotlar va biznes yaratishning yagona samarali usuli sifatida foydalanadi. Stiv Blank startaplar odatiy kompaniyalar kabi boshqarilmasligi kerakligini tushuntiradi va boshqaruv yondashuvlari tubdan o'zgarishi kerakligiga misollar keltiradi. Biznes-rejaga amal qilish o'rniga, tadbirkorga iste'molchilarni rivojlantirish metodologiyasining barcha to'rt bosqichidan o'tish va qayta aloqa tizimini yaratish tavsiya etiladi. Bu, o’z navbatida, raqobatchilarni ortda qoldirib, yangi g’oyalarni tezroq sinab ko‘rish va ro’yobga chiqarish imkonini beradi.
Ayn Rand "Atlas yelka qisdi"
"Atlas yelka qisdi" romani ilk marta 1957-yilda nashr etilgan va tanqidchilar hamda oddiy kitobxonlar orasida turli munosabatni keltirib chiqargan. Romanning asosiy g'oyasi ― sotsialistik hukumatning iste'dodli shaxslarga qanchalik bog'liqligini ko'rsatishdir. Har bir ibora sog’lom xudbinlik va maqsadli tadbirkorlik tamoyillari bilan yo’g’rilgan. Kitob turli qahramonlar taqdiri, jamiyat muammolari va uning mamlakat rivojlanish darajasiga bog'liqligiga qaratilgan badiiy asardir. Jamiyat hamma bir joyda qotib qolgan ayanchli doira sifatida tasvirlangan. Ziyoli insonlar mamlakatni tark etar ekan, davlat muammolarga e'tibor bermaydi va tadbirkorlik imkoniyatlarini oyog’osti qiladi. Afsuski, odamlar o’sha ayanchli doirada qolishni afzal ko'radilar, chunki bu qulay va tanish. "Atlas yelka qisdi" kitobxonlarda turli his-tuyg‘ularni uyg‘otadi. Roman qahramonlari yo g’oyat salbiy, yo mutlaq ijobiy va me’yor degan tushuncha ko’zga tashlanmaydi. Hokimiyat taraqqiyot va rivojlanishni inkor etuvchi shafqatsiz va ochko'z amaldorlar tomonidan boshqariladi. Yaxshilik va yomonlik o'rtasidagi kurash kitobxonni g‘alaba sari olg‘a intilishga chorlaydi.
Daniel Kahneman "Sekin o'ylang, tez qaror qiling"
Daniel Kahneman iqtisod bo'yicha Nobel mukofoti sovrindori va dunyodagi eng hurmatli va tilga olingan olimlardan biri sanaladi. O'z kitobida u kitobxonlarni qaror qabul qilish jarayoniga ta'sir etuvchi asosiy psixologik jarayonlar bilan tanishtiradi va tezroq to'g'ri qaror qabul qilishga o'rgatadi. Kahnemanning ta’kidlashicha, biz ba'zida fikrlash tarzimiz tufayli xato yo’l tutib, noto’g’ri qarorlar chiqaramiz. Bizda ikki xil fikrlash tarzi mavjud: muammolarni hal qilish va mahsulotlarni tanlashda faollashuvchi "sekin”, shuningdek, avtomatik ravishda, bir zumda va beixtiyor ishlaydigan "tez" fikrlash tarzi. Ushbu kitob hayotingizni o'zgartirishi mumkin, boisi u mantiqsiz xatti-harakatlar va noto'g'ri qarorlar hamda tafakkurimizdan qanday foydalanishimizga bag’ishlangan. U biz foydalanishimiz mumkin bo'lgan har ikkala fikrlash tarzini ko'rib chiqadi: "tez" (instinktiv, hissiy) va "sekin" (mantiqiy va oqilona). Qolaversa, kitobda shaxsiyatni qayta ko’rib chiqish, rejalashtirishdagi xatolarga olib keladigan ortiqcha optimizm va bu muammolarga qarshi kurashish usullari muhokama qilinadi. Barcha ma'lumotlar zamonamizning eng mashhur bestsellerlaridan birida mujassam topgan.
Ben Horovits "Bu oson bo'lmaydi"
Aksariyat odamlar o'z biznesiga ega bo'lishni orzu qiladi, ammo bu qanchalik qiyinligini sanoqli odamlar anglaydi. Ben Xorovits bu yo'lning pastu balandliklarini rostgo’ylik ila tan oladigan insonlardan biridir. U tadbirkorlar har kuni duch keladigan muammolarni xolisona tahlil qiladi va startapni rivojlantirish, boshqarish, sotish, konsalting va sarmoya kiritish bo‘yicha katta tajribasiga asoslangan amaliy yechimlarni taklif etadi. Kitobda muallif nafaqat kasbiy tajribasi bilan o'rtoqlashadi, balki uni o'ziga xos hazil va biznes haqidagi ochiq fikrlari bilan boyitadi. Kitob tajribali tadbirkorlar uchun ham, biznes olamiga endigina sayohatni boshlayotgan va o‘z biznesini ochishni rejalashtirayotganlar uchun birdek foydali bo‘ladi.
Daniel Pink "Pushaymonlikning qudrati. Qanday qilib orqaga qarash bizni oldinga siljitadi?"
Har birimiz hayot davomida xatolar, noto'g'ri chiqarilgan qarorlar va boy berilgan imkoniyatlarga ro’baro’ kelamiz, shunday emasmi!? O'tmishdagi ishlarimiz uchun pushaymonlik hissi yoki ularning yetishmasligi hayotimizning kelgusi yillarini baxtsiz qilishi mumkin. Biroq, bu lahzalar rivojlanishimiz uchun kuchli turtki bo’lishi, rivojlanish yo'lidagi belgilar va mulohaza uchun qimmatli saboq sifatida xizmiat qilishi mumkin. O'zingizning va boshqalarning afsus-nadomatlarini qanday tushunish mumkin? O'tmishdagi xatolardan saboq olishni qanday o'rgansa bo’ladi? Yo’l qo’yilgan xatolarni tuzatish uchun juda oz vaqt qolsa bo’lsa-chi, nima qilish kerak? Daniel Pink bu va boshqa savollarga javob berib, o'zingiz ustida mashaqqatli ishlash yo’lida pushaymonlik tuyg'usini boshqarishning oddiy va tushunarli usullarini taqdim etadi.

Powered by Froala Editor