Putin Sergey Shoyguni Rossiya mudofaa vaziri lavozimidan oldi
Dunyo
Rossiya prezidenti Vladimir Putin sobiq mudofaa vaziri Sergey Shoyguni mamlakat Xavfsizlik kengashi kotibi lavozimiga tayinladi. Bu haqda Kreml saytida xabar berilgan.
«Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi kotibi to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Shoygu Sergey Kujugetovich Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi kotibi etib tayinlansin», — deyiladi bayonotda.
Avvalroq Putin Nikolay Patrushevni Xavfsizlik kengashi kotibi lavozimidan chetlatgani xabar qilingandi. Patrushevning yangi lavozimi aniqlanmagan. Putin bosh vazir o‘rinbosari Andrey Belousovni Rossiya mudofaa vaziri etib tayinlashni taklif qildi.
2024-yilning 7-mayiga qadar Rossiya bosh vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Belousov hukumatni tark etib, yangi ishga kirishishi 11-may kuni xabar qilingandi. Uning lavozimiga Sanoat va savdo vazirligi rahbari Denis Manturov taklif qilingan.

Powered by Froala Editor