Mustaqillik kuni “Bir boʼlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida o’tkaziladi

O'zbekiston

O’zbekiston Mustaqilligining 33 yilligini munosib tarzda nishonlash bo’yicha Prezident qarori qabul qilindi.

Mustaqillik kuni “Bir boʼlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida o’tkaziladi
“Oʼzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʼttiz uch yillik bayramiga tayyorgarlik koʼrish va uni oʼtkazish toʼgʼrisida”gi Prezident Qarori qabul qilindi.

Qarorga koʼra, O’zbekiston Mustaqilligining 33 yillik shonli sanasi chinakam umumxalq bayrami, ozodlik va saodat ayyomi sifatida koʼtarinki kayfiyatda kutib olinadi hamda mamlakatimizning bugungi taraqqiyot darajasi, yuksalish surʼatlariga munosib tarzda nishonlanadi.

Tashkiliy-amaliy, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar hamda targʼibot-tashviqot ishlari “Bir boʼlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” degan bosh gʼoyani oʼzida mujassam etgan holda oʼtkaziladi.

Mustaqillik bayrami Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida, shuningdek, barcha shahar hamda tumanlar, qishloq va ovullarda munosib nishonlanishi taʼminlanadi.

“Ona diyor – ranglar jilosida”, “Vatan uchun yashaylik!”, “Eng ulugʼ, eng aziz” kabi anʼanaviy koʼrik-tanlovlar yuqori darajada oʼtkaziladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing