Muzaffarbek To‘raboyev Masters turnirida oltin medalni qo‘lga kiritdi

Sport

Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi aʼzosi 23 yoshli Muzaffarbek To‘raboyev -100 kg vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritdi. “Masters” turnirida oʻzbekistonliklardan soʻnggi bor Rishod Sobirov 2011-yil gʻalaba qozongan.

Muzaffarbek To‘raboyev Masters turnirida oltin medalni qo‘lga kiritdi
Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Vengriya mezbonlik qilayotgan “Masters” turniridagi ishtirokini yakunladi. Unda Muzaffarbek Toʻraboyev -100 kg vazn toifasida gʻalaba qozonib, oʻzbek dzyudosi uchun 12 yil kutilgan oltin medalni taqdim qildi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Musobaqani ikki karra Olimpiada va jahon chempioni Lukash Krpalek ustidan qozonilgan gʻalaba bilan boshlagan Toʻraboyev chempionlik yoʻlida Sheydi Elnaxas (Kanada), Mixael Korrel (Niderlandiya), Boyan Dosen (Serbiya) va Peter Paltchik (Isroil) kabi sportchilarni dogʻda qoldirdi. Shuningdek, bugun -90 kg vazn toifasida ishtirok etgan Davlat Bobonov bronza medaliga sazovor boʻldi. Ushbu muvaffaqiyat evaziga Toʻraboyev 1800, Bobonov 900 reyting ochkosiga ega boʻlmoqda.

Qayd etish joiz, yilda bir bora oʻtkaziladigan “Masters” musobaqasida oʻzbekistonliklardan soʻnggi bor Rishod Sobirov 2011-yil gʻalaba qozongan. Shu tariqa, Oʻzbekiston terma jamoasi bu yilgi turnirni 1 ta oltin va 2 ta bronza medallari bilan yakunlamoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing