Saida Mirziyoyeva BMTda: O‘zbekistonning tanlovi — inson qadr-qimmati
O'zbekiston
O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi umumiy munozaralarida nutq so‘zladi. Uning chiqishida xalqaro keskinlik, BMTning roli, Markaziy Osiyodagi jarayonlar, O‘zbekistondagi islohotlar, ekologiya va sun’iy intellekt masalalari asosiy o‘rin egalladi.
Mirziyoyeva O‘zbekiston ochiqlik, yaxshi qo‘shnichilik va muloqot yo‘lini tanlaganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat tinchlik, taraqqiyot va inson qadr-qimmatini yagona vazifa sifatida ko‘radi.
U BMTning kelajagiga ham alohida to‘xtaldi. Uning fikricha, dunyoga nafaqat qarorlar qabul qiladigan, balki ularni amalga oshira oladigan va har bir davlatning ovozini eshitadigan tashkilot kerak. O‘zbekiston “BMT-80” tashabbusini hamda Xavfsizlik Kengashini zamonaviy voqelikni hisobga olgan holda kengaytirish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlaydi.
Nutq davomida O‘zbekiston 2035–2036 yillarga BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy bo‘lmagan a’zoligiga o‘z nomzodini ilgari surgani ma’lum qilindi. Shuningdek, 2027 yilda O‘zbekiston Qo‘shilmaslik harakatiga raislik qilishi qayd etildi.
Markaziy Osiyo haqida gapirar ekan, Mirziyoyeva mintaqa davlatlari o‘rtasidagi munosabatlarda o‘zgarishlar yuz berganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, siyosiy iroda tufayli mamlakatlar bir-birini xavf manbai emas, balki hamkor sifatida ko‘ra boshlagan. Afg‘oniston masalasida esa bu davlatni faqat tahdid sifatida ko‘rmaslik, uning xalqiga tinch hayot qurish imkonini berish zarurligi aytildi.
Ichki islohotlarga to‘xtalar ekan, u so‘nggi o‘n yilda aholining xarid qobiliyati ikki barobar oshgani, iqtisodiyot hajmi $50 mlrddan $147 mlrdga yetgani va $150 mlrddan ortiq xorijiy investitsiya jalb qilinganini ma’lum qildi. Eksport qariyb uch barobar oshgan, kambag‘allik darajasi 4 foizga tushgan.
Ekologik masalalarda Orolbo‘yi, suv tejovchi texnologiyalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalariga e’tibor qaratildi. O‘zbekiston 2030 yilgacha qayta tiklanuvchi energiya ulushini 54 foizga yetkazishni maqsad qilgan.
Sun’iy intellekt haqida so‘zlar ekan, Mirziyoyeva texnologik taraqqiyot markazida inson, uning huquqlari va xavfsizligi turishi kerakligini ta’kidladi. Shuningdek, qonun ustuvorligi, ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish hamda xalqaro tijorat odil sudlovini rivojlantirish masalalari ko‘tarildi.

Powered by Froala Editor