Özbekiston va Iordaniya savdo hamda investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirmoqda

Iqtisodiyot

Özbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Prezident Şavkat Mirziyoyevning davlat taşrifi arafasida Iordaniyada hukumat vakillari va biznes doiralari bilan bir neçta uçraşuv ötkazdi. Muzokarada özaro savdoni kengaytiriş, investitsiyalarni jalb etiş va qöşma sanoat loyihalarini işga tuşiriş masalalari muhokama qilindi.

Özbekiston va Iordaniya savdo hamda investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirmoqda
Asosiy uçraşuv Iordaniya sanoat, savdo va ta’minot vaziri Yarub Qudah bilan bölib ötdi. Tomonlar ikki mamlakat örtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlaş va kompaniyalar hamkorligini kengaytiriş imkoniyatlarini körib çiqdi. Kun tartibidan geologiya, kimyo va kon sanoati, energetika, töqimaçilik, qişloq xöjaligi hamda farmatsevtika yönalişlari örin oldi.

Muzokara iştirokçilari Özbekiston va Iordaniyada qöşma işlab çiqariş quvvatlarini yaratişga e’tibor berdi. Zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş, eksport yetkazib beriş hajmini köpaytiriş, şuningdek, transport va logistika infratuzilmasini rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi. Uşbu yönalişlar özaro savdoni kengaytiriş va işlab çiqariş kooperatsiyasini mustahkamlaş uçun muhim omil sifatida körilmoqda.

Amaliy masalalar qatorida: Preferensial savdo töğrisidagi bitimni tayyorlaş, logistika quvvatlarini rivojlantiriş va yuk havo taşuvlarini kengaytiriş ham mavjud. Bu yönalişlardagi kelişuvlar tovarlar harakatini samaraliroq taşkil etiş va barqaror işbilarmonlik aloqalarini şakllantirişga xizmat qilişi kutilmoqda.

Muzokaralar yakunida istiqbolli investitsiya loyihalari va savdo kelişuvlaridan iborat portfel şakllantirildi. Ularni keyingi bosqiçlarda puxta işlab çiqiş Özbekiston va Iordaniya iqtisodiy hamkorligini mustahkamlaşga qaratilgan işlarning bir qismi böldi. 23–24 noyabr kunlari Ammanda oliy darajadagi muzokaralar va ikki mamlakat işbilarmon doiralari iştirokidagi biznes-forum ötkazilişi rejalaştirilgan. Uşbu tadbirlar amaliy hamkorlikka qöşimça turtki beriş va biznes uçun yangi imkoniyatlarni aniqlaşga qaratilgan. Qirol Abdulla II taklifiga binoan davlat taşrifi Ammanda 23–24 noyabr kunlari ötkazilişi rejalaştirilgan; yakunda hujjatlar ham qabul qilinişi kutilmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing