Myunxen prokuraturasi Alisher Usmonovga oid ishni yopdi
Dunyo
Myunxen prokuraturasi Yevropa Ittifoqi sanksiyalarini buzish ehtimoli bo‘yicha Alisher Usmonovga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini tugatdi.
Myunxen prokuraturasi rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonovga nisbatan YI sanksiyalarini buzish bo‘yicha ayblovlarni bekor qildi. Ish Usmonovning xayriya maqsadlari uchun ixtiyoriy badal to‘lashga rozi bo‘lgani sababli yopildi, deb xabar berdi RБК.
Ish Germaniya Jinoyat-protsessual kodeksining 153a-paragrafi asosida tugatildi. Ushbu norma sud hukmisiz ishni ma’lum shartlar bajarilganda to‘xtatishga imkon beradi.
Tergov versiyasiga ko‘ra, 2022 yil aprel–sentabr oylarida Usmonov chet el kompaniyalari orqali Rotax-Egern hududidagi ko‘chmas mulkni qo‘riqlash xizmatlari uchun to‘lov qilgan va Germaniyadagi mol-mulkini deklaratsiya qilmagan. Uning advokatlari esa tadbirkorning ushbu kompaniyalar va mulkka aloqasi yo‘qligini ta’kidladi.
Avvalroq Frankfurt-na-Mayndagi prokuratura ham Usmonovga nisbatan pul yuvish bo‘yicha tergovni to‘xtatgan va tintuvlar chog‘ida olib qo‘yilgan mulkni qaytarib bergan edi.
Alisher Usmonov 2022 yil fevralidan buyon YI sanksiyalari ostida bo‘lib, cheklovlarni bekor qilish uchun sud jarayonlarini olib bormoqda.

Powered by Froala Editor