Namanganda O'zbekiston-Qatar kasbiy mahorat markazi ochiladi
O'zbekiston
Bitiruvchilar Yaqin Sharq, Yevropa va Amerikada ishlash imkonini beradigan, xalqaro miqyosda tan olingan sertifikatga ega bo'ladi
Doha shahrida "Progressiv islohotlar markazi" va Doha fan va texnologiya universiteti (UDST) o'rtasida anglashuv memorandumini imzolash marosimi bo'lib o'tdi. Tomonlar birgalikda Namanganda O'zbekiston – Qatar kasbiy mahorat markazi ochishni rejalashtirgan.
Bu say-harakatlar O'zbekistonda xorijiy investorlar amalga oshirayotgan zamonaviy infratuzilma, ishlab chiqarish va ijtimoiy soha loyihalarida muvaffaqiyatli ishlashga qodir muhandislik, payvandlash texnologiyasi, sog'liqni saqlash kabi yo'nalishlarda mutaxassislar tayyorlashga xizmat qiladi.
Unda o'quv mashg'ulotlari UDSTning ilg'or dasturlari yordamida ingliz tilida olib boriladi. Bitiruvchilar Yaqin Sharq, Yevropa va Amerikada ishlash imkonini beradigan, xalqaro miqyosda tan olingan sertifikatga ega bo'ladi.
"Universitetimizda xalqaro standartlar bo'yicha texnik mutaxassislar tayyorlash bo'yicha samarali tizim yaratilgan", dedi UDST rektori Salim Al-Naimiy.
"Biz mamlakatlarimiz o'rtasidagi o'ziga xos va jadal rivojlanayotgan munosabatlar ramziga aylanadigan O'zbekiston-Qatar malaka markazi tashkil etilishini to'liq qo'llab-quvvatlaymiz. Tashkil etilayotgan markaz yoshlarni, ayniqsa Farg'ona vodiysidagi ishsiz aholini jahon bozorida xaridorgir bo'lgan zamonaviy texnik ko'nikmalarni o'zlashtirishga jalb etish imkonini beradi", dedi Progressiv islohotlar markazi direktori Mirshohid Aslanov.
Ma'lumot o'rnida, 2022-yil Amir Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy farmoyishi bilan tashkil etilgan Doha fan va texnologiya universiteti Qatardagi amaliy, texnik va kasb-hunar ta'limiga ixtisoslashgan birinchi universitet hisoblanadi. Ushbu oliy ta'lim muassasasi 64 mutaxassislik bo'yicha bakalavr va magistr tayyorlaydi. Universitet tarkibida biznes, muhandislik, IT, tibbiyot va umumiy fanlarga ixtisoslashgan 5 ta kollej bor.

Powered by Froala Editor