NASA Oyga yangi modul jo‘natdi
Texnologiya
26-fevral kuni AQSh Milliy aeronavtika va kosmik tadqiqotlar agentligi (NASA) tomonidan amalga oshirilayotgan IM-2 missiyasi doirasida Nova-C – Athena qo‘nish moduli Oyga yo‘naltirildi. U Donald Trampning ittifoqchisi Ilon Mask asos solgan SpaceX kompaniyasiga tegishli Falcon 9 raketasi yordamida orbitaga chiqarildi.
Kutilishicha, Athena 6-mart kuni Oy janubiy qutbi yaqinidagi Mons Muton platosiga qo‘nadi. Modul Oy sirtida ilmiy tadqiqotlar olib borish va kelajakdagi insonparvoz missiyalariga tayyorgarlik ko‘rish uchun zarur texnologiyalarni sinovdan o‘tkazadi.
NASA missiyasi Oyga yuklarning tijorat yetkazib berish dasturi (Commercial Lunar Payload Services, CLPS) doirasida amalga oshirilmoqda va 10 kun davom etishi rejalashtirilgan.
Athena uchuvchisiz moduli 4,3 metr balandlikka va 1,6 metr diametrga ega bo‘lib, u Oydagi foydali qazilmalar va suv izlash uchun mo‘ljallangan. Modul Trident burg‘usi bilan jihozlangan bo‘lib, u Oy yuzasi ostiga 1 metrgacha teshik qazishi mumkin. Shuningdek, unda uchuvchi moddalarni aniqlashga mo‘ljallangan mass-spektrometr o‘rnatilgan.
Modul tarkibida Grace nomli "sakrovchi" dron ham bor. U Oy yuzasidagi notekis hududlar, toshlar va kraterlar orqali harakatlana oladi va Oy sirtini batafsil suratga olish hamda kraterlarni tadqiq qilish uchun ishlatiladi.
Bundan tashqari, Athena ikki xil rover (Oy mashinasi) bilan jihozlangan: Mapp va kichik, ikki g‘ildirakli Yaoki. Modul bortida Nokia kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan mobil aloqa bazaviy stansiyasi ham mavjud.
IM-2 missiyasida turli kompaniya va tashkilotlar, jumladan Germaniya aviatsiya va kosmonavtika markazi (DLR) ishtirok etmoqda.
2024-yilda Texas shtatining Xyuston shahrida joylashgan Intuitive Machines kompaniyasi tarixda birinchi tijoriy Oyga qo‘nish missiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Odysseus moduli Oyga muvaffaqiyatli qo‘ngan bo‘lsa-da, yon tomonga og‘ib tushgani sababli u olib borgan foto va video suratlar biroz og‘ish bilan uzatilgan. Modul NASAning beshta ilmiy-tadqiqot asbob-uskunasini Oyga yetkazib bergan.
2024-yil yanvar oyida Astrobotic Technology kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan shunga o‘xshash missiya muvaffaqiyatsizlikka uchragan.
Rossiya ham Oy poygasida ishtirok etishga harakat qilgan edi. Biroq, 2023-yil avgust oyida uning Luna-25 avtomatik interplanetar stansiyasi Oy yuzasi bilan to‘qnashgan va “mavjudligini tugatgan”, deb xabar bergan Roskosmos.

Powered by Froala Editor