NASA'ning Marsdagi tarixiy missiyasi yakunlandi

Dunyo

NASA avvalroq shikastlangan “Ingenuity” vertolyoti faoliyati tugaganini e’lon qildi.

NASA'ning Marsdagi tarixiy missiyasi yakunlandi
Vertolyot o‘z dvigatelidan foydalanib, boshqa samoviy jismning atmosferasida bir joydan ikkinchi joyga mustaqil ravishda uchgan birinchi uchish apparati bo‘ldi.

Beshtadan ko‘p bo‘lmagan qisqa muddatli parvozlar dasturi bilan 30 kunlik texnologiya namoyishi sifatida yo‘lga qo‘yilgan eksperiment barcha kutilmalarni ortig‘i bilan bajardi. Uch yil davomida u 72 ta parvozni amalga oshirib, 17 km masofani bosib o‘tdi. Uning parvozlarining maksimal balandligi 24 metrni tashkil etdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing