Nasiba Abdullayeva Ozarboyjon xalq artisti unvoni bilan taqdirlandi
O'zbekiston
Shuningdek, Oʻzbekiston xalq artisti Abduhoshim Ismoilov va O‘zbek davlat simfonik orkestri bosh dirijyori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Kamoliddin O‘rinboyev “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi.
Ozarbayjonda o‘tkazilayotgan “O‘zbekiston madaniyati kunlari” doirasida bir guruh o‘zbekistonlik san’atkorlar taqdirlandi. Bu haqda Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston xalq artisti Nasiba Аbdullayevaga Ozarbayjon xalq artisti, O‘zbekiston xalq artisti Аbduhoshim Ismoilov hamda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Kamoliddin O‘rinbayevga “Do‘stlik” ordeni berilgan.
“Bu nafaqat Ozarbayjon davlatining o‘zbek sanʼatkorlariga bo‘lgan eʼtibori, balki ozar xalqining o‘zbek xalqiga bo‘lgan mehri va hurmati ifodasi, desam xato bo‘lmaydi. Mukofotlanganlarni yana bir bor qutlab, o‘zbek sanʼati va madaniyatini dunyoga keng yoyishda qo‘shgan va qo‘shayotgan hissalari uchun samimiy minnatdorlik bildiraman”, deydi Madaniyat vaziri.

Powered by Froala Editor