Netanyahu: Kerak bo'lsa, tirnoqlarimiz bilan kurashamiz

Dunyo

Agar Isroil kuchlari G'azo sektorining janubidagi Rafah shahriga hujumni davom ettirsa, AQSh qurol-yarog' yetkazib berishni cheklash bilan tahdid qilganiga qaramay, Bosh vazir Benyamin Netanyahu Isroil yakka o'zi turib, "tirnoqlari bilan kurashadi" deb qasam ichdi.

Netanyahu: Kerak bo'lsa, tirnoqlarimiz bilan kurashamiz
"Agar o‘zimiz uchun yolg‘iz turishimiz kerak bo‘lsa, demak, o‘zimizni himoya qilamiz. Kerak bo‘lsa, tirnoqlarimiz bilan ham kurashamiz. Lekin bizda tirnoqlardan ham ko'proq narsa bor", — dedi Netanyahu.

Netanyahu o‘z nutqini 9-may kuni Isroil va HAMAS delegatsiyalari Qohirada o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar yig’ilishidan ketganidan keyin aytdi. Muzokaralar shunchaki to‘xtatilganmi yoki yo’qmi, noma’lum. HAMAS juma kuni to'p "hozir to'liq ishg'olchi [Isroil] qo'lida" ekanligini aytdi. Yahudiy davlati hukumati HAMAS’ning kelishuv versiyasi uning talablariga javob bermasligini aytdi, deb yozdi The Guardian.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing