Netanyaxu Isroilni AQSh harbiy yordamidan mahrum qilmoqchi
Dunyo
Bosh vazir Binyamin Netanyaxu har yili beriladigan 3,8 milliard dollarlik AQSh harbiy yordamidan butunlay voz kechish niyatini e’lon qildi. AQShda Isroilga nisbatan salbiy kayfiyatning kuchayishi va Vashingtonning mojarolar uchun rekord darajadagi xarajatlari fonida, Tel-Aviv to‘liq mudofaa muxtoriyati yo‘lini tanlamoqda.
Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu CBS News nashriga bergan intervyusida kelgusi o‘n yil ichida Amerika harbiy yordamini bosqichma-bosqich to‘xtatish zarurligi haqida shov-shuvli bayonot berdi. Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, har yilgi 3,8 milliard dollarlik transhlardan voz kechish jarayonini AQSh Kongressidagi siyosiy o‘zgarishlarni kutmasdan, “hozirning o‘zidayoq” boshlash mumkin.
Ushbu qaror ikki davlat munosabatlaridagi jiddiy inqiroz davrida yangradi. So‘rovnomalar shuni ko‘rsatadiki, amerikaliklarning qariyb 60 foizi Isroil siyosatiga nisbatan salbiy munosabatda bo‘lib, bu to‘rt yil oldingi ko‘rsatkichlardan 20 foizga ko‘pdir. Netanyaxu G‘azo sektoridagi urush va ijtimoiy tarmoqlar faoliyati tufayli mamlakatning xalqaro imidji jiddiy zarar ko‘rganini tan oldi hamda internet maydonini qarama-qarshilikning “sakkizinchi fronti” deb atadi.
Moliyaviy statistika ham muammoning ko‘lamini ko‘rsatmoqda: Costs of War Project loyihasining 2025-yil oktyabr holatiga ko‘ra, so‘nggi ikki yil ichida AQSh Isroilni harbiy qo‘llab-quvvatlash uchun rekord darajadagi 21,7 milliard dollar sarflagan. O‘z-o‘zini ta’minlashga o‘tish Isroil rahbariyati tomonidan Vashingtondagi ichki siyosiy bahslarga qaramlikni kamaytirish va mudofaa sohasidagi milliy suverenitetni mustahkamlash usuli sifatida ko‘rilmoqda.

Powered by Froala Editor