Netflix Warner Bros'ni sotib oldi: ko‘ngilochar sanoatdagi tarixiy bitim

Biznes

Bir necha oylik muzokaralardan so‘ng Netflix Warner Bros Discovery’ni 82,7 milliard dollarga sotib olganini e’lon qildi. Bitim natijasida kompaniya Harry Potter, DC, Game of Thrones franshizalari, shuningdek HBO va HBO Max ustidan to‘liq nazoratga ega bo‘ldi. Bu zamonaviy kino va striming bozoridagi eng yirik o‘zgarishlardan biri bo‘lib, Gollivuddagi kuchlar muvozanatini tubdan o‘zgartiradi.

Netflix Warner Bros'ni sotib oldi: ko‘ngilochar sanoatdagi tarixiy bitim
Bitimga ko‘ra, Netflix Warner Bros studiyasi, telekanallari, arxivlari va barcha HBO premium kontentini o‘z tasarrufiga oladi. Last Week Tonight kabi kechki shoular ham Netflix tarkibiga o‘tadi. Shunga qaramay, kompaniya Warner Bros’ning ichki jarayonlarini dastlabki bosqichda saqlab qolishini ma’lum qildi.

Warner Bros Discovery avvalroq biznesni ikkiga ajratish rejasini ko‘rib chiqqan edi: studiya va striming yo‘nalishi alohida, kabel tarmoqlari — alohida Discovery Global kompaniyasi sifatida. Aynan shu model Netflix’ga studiyani to‘liq sotib olish imkonini berdi, kabel kanallari esa mustaqil biznesga ajratiladi.

Bitim HBO’ning kelajakdagi maqomi borasidagi noaniqliklarni ham bartaraf etdi — brend to‘liq Netflixga o‘tadigan aktivlar tarkibida qoladi.

Hozircha ikkala kompaniya direktorlar kengashi bitimni ma’qulladi. Biroq jarayon hali AQSh va boshqa davlatlardagi antimonopoliya organlarining tekshiruvlaridan o‘tishi kerak. Mutaxassislar bu birlashuv premium kontent ustidan ortiqcha kuch to‘planishiga olib kelishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Kuzatuvchilar fikricha, ushbu qo‘shilish keyingi yillarning eng muhim antimonopoliya ishlaridan biriga aylanishi mumkin.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing