Nigerni tark etgan fransuz askarlari Chadga yo'l olishmoqda
Dunyo
Nigerda 1,4 mingga yaqin fransuz harbiy xizmatchilari bor edi: Niameyda 1 mingga yaqin va Afrika mamlakatining g'arbiy qismida yana 400 ga yaqin.
Nigerni tark etgan birinchi fransuz qo'shinlari qo'shni Chadga yo'l oladi. Bu haqda isyonchilar tomonidan tashkil etilgan Vatanni ozod qilish milliy kengashi ma’lum qildi, deb yozmoqda AFP agentligi.
“Uollamda (G‘arbiy Niger – tahr.) joylashgan qo‘shinlar bugun bazani tark etishdi. Gap mudofaa va xavfsizlik kuchlarimiz hamrohligida Chadga birinchi quruqlik karvonini jo‘natish operatsiyasi haqida ketmoqda”, deyiladi kengash bayonotida.
Bundan tashqari, 97 nafar Fransiya maxsus kuchlari poytaxt aeroportidan uchta reys, shuningdek, moddiy-texnik jihozlar bilan parvoz qildi. Mudofaa vazirligi fransuz kontingentini olib chiqib ketish “har ikki tomon kelishilgan jadval”ga muvofiq davom etishini aytdi.

Powered by Froala Editor