Nodirbek Abdusattorov dramatik tay-breykdan so‘ng Grand Chess Tour kumush medalini qo‘lga kiritdi
Sport
Nodirbek Abdusattorov nufuzli Super Rapid and Blitz Croatia turnirida kumush medalni qo‘lga kiritib, Grand Chess Tour 2026 seriyasining uchinchi bosqichini jahon shaxmatining yetakchilari qatorida yakunladi.
1–5-iyul kunlari Zagrebda o‘tkazilgan musobaqada dunyoning o‘n nafar kuchli grossmeysteri ishtirok etdi. Rapid va blits bahslari yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston vakili 23,5 ochko jamg‘ardi. Fransiyalik Alireza Firuzja ham xuddi shunday natija qayd etdi.
G‘olibni aniqlash uchun tay-breyk o‘tkazildi. Dastlabki ikki qo‘shimcha partiya 1:1 hisobida yakunlandi, hal qiluvchi bahsda esa Firuzja ustun kelib, birinchi o‘rinni egalladi.
Abdusattorov turnirni ikkinchi o‘rinda yakunladi. Yana bir fransiyalik grossmeyster Maksim Vashye-Lagrav uchinchi bo‘ldi.
Kumush medal uchun o‘zbekistonlik shaxmatchi 42,5 ming dollar miqdoridagi pul mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Xorvatiyadagi natija Abdusattorovning xalqaro shaxmat maydonidagi navbatdagi muhim yutug‘i bo‘lib, uning dunyoning yetakchi grossmeysterlari qatoridagi mavqeini yana bir bor tasdiqladi.

Powered by Froala Editor