Nogironligi bor fuqarolarga keng imkoniyatlar yaratiladi

O'zbekiston

Nogironligi borlarga beriladigan protez va reabilitatsiya vositalari ro‘yxati 18 tadan 30 taga, mablag‘i esa 1,5 barobarga oshirildi. Buning evaziga yil boshidan 100 ming odamning ehtiyoji ta’minlandi.

Nogironligi bor fuqarolarga keng imkoniyatlar yaratiladi
Endi ro‘yxatga yana 7 turdagi vositalar qo‘shilishi belgilandi.

Ijtimoiy xizmat agentligiga viloyat hokimlari bilan birgalikda 2025 yilda 80 ming muhtoj odamga zarur protez vositalarini yetkazib berish topshirildi.

Yaratilgan imkoniyatlar hisobiga bu yil tadbirkorlar 40 ming nogironligi bor fuqaroni ishga oldi.

Buni yanada kengaytirish maqsadida 1-yanvardan nogironligi bo‘lgan ishchilar uchun ijtimoiy soliq 1 foiz qilib belgilandi. Korxonalarga surdotarjimon, psixolog va ko‘zi ojizlar uchun hamroh xizmatlari xarajati uchun 50 million so‘mgacha subsidiya ajratiladi.

Bunday odamlarni ishga joylashtirgan xususiy bandlik kompaniyalariga 500 million so‘mgacha grant beriladi. Bunda, ushbu kompaniyalar ishlash istagi bor odamlarni aniqlab, ularni o‘qitadi, korxona talabiga moslashtiradi va ish davrining dastlabki 6 oyida hamrohlik qiladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing