Nyu-York meri ustidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Dunyo

AQSh tarixida birinchi marta, Nyu-York meri Erik Adamsga lavozimda boʻlgan vaqtida ayblovlar qoʻyildi.

Nyu-York meri ustidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
The New York Times da eʼlon qilingan hujjatlar unga qoʻyilgan beshta ayblov, jumladan pora olish boʻyicha aybdorligini koʻrsatadi. Ish materiallariga koʻra, ayblov xorijiy vakillardan pora olish, moliyaviy firibgarlik va xorijlik fuqarolardan saylov kampaniyasiga noqonuniy xayriya pullarini olish evaziga mer yordam va qoʻllab-quvvatlashni taqdim etganlik bilan bogʻliq.

Tergov xulosasiga koʻra, deyarli oʻn yil davomida Erik Adams turli shaxslar, jumladan xorijlik tadbirkorlardan, Nyu-York hokimiyatidan koʻmak olish evaziga “noqonuniy moddiy manfaatlar” olgan. Ish materiallarida qayd etilishicha, mer nafaqat pul shaklida, balki toʻlangan aviachipta, hashamatli mehmonxonalarda turar joy, “dabdabali xalqaro sayohatlar” va boshqa imtiyozlar koʻrinishida ham pora olgan.

«Adamsning shuhrati va hokimiyati ortgan sari, uning xorijlik homiylari 2021-yilda Adams Nyu-York meri boʻlishi aniq boʻlgach, u bilan boʻlgan korrupsion aloqalaridan foyda olishga intilgan», — deyiladi 57 betlik ayblov xulosasida.

Kecha kechqurun mansabdor shaxsning uyida tintuvlar oʻtkazildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing