Olimjon To‘ychiyev Turin politexnika universiteti rektori etib tayinlandi
O'zbekiston
Bungacha u Innovatsion rivojlanish agentligi direktori lavozimida ishlab kelgan.
Toʻychiyev Olimjon Alijonovich Turin politexnika universiteti rektori lavozimiga tayinlangani munosabati bilan 2023-yil yanvar oyidan buyon ishlab kelgan Oliy taʼlim vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi direktori lavozimidan ozod etildi, deb xabar qilmoqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati.
To‘ychiyev 2013-yilda fan-texnika sohasiga, ayniqsa, robototexnika sohasini yoshlar o‘rtasida ommalashtirishga qo‘shgan hissasi, masofadan turib ovoz bilan boshqariladigan, turli vazifalarni bajara oladigan va oʻzbek tilini tushunadigan robotni yaratgani uchun “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.
Prezident 2017-yilda Olimjon To‘ychiyevni Fan va texnologiyalar agentligi bosh direktorining o‘rinbosari etib tayinlagan edi. O.To‘ychiyev 2019-yilning martidan 2021-yilning apreligacha Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Powered by Froala Editor