Olimpiada-2028 taqvimi e’lon qilindi

Sport

Los-Anjelesdagi yozgi Olimpiada tashkilotchilari o‘yinlarning rasmiy taqvimini e’lon qildi. Musobaqalar 2028-yil 12-iyulda, ochilish marosimidan ikki kun oldin boshlanadi. Finallar, medallar va kulminatsion janglar soatlar bo‘yicha rejalashtirilgan.

Olimpiada-2028 taqvimi e’lon qilindi
2028 yilda Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi musobaqalarning rasmiy taqvimini e’lon qildi. O‘yinlar 14-30 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi, ammo alohida sport turlari bo‘yicha turnirlar 12 iyuldan boshlanadi. Shu kuni futbol, regbi-7, chim ustida xokkey, gandbol, suv polosi va kriket bahslari boshlanadi.

Ochilish marosimi 14-iyulga belgilangan bo‘lib, tarixda birinchi marta bir vaqtning o‘zida ikkita maydonda - "Los Angeles Memorial Coliseum" va "SoFi Stadium" stadionlarida bo‘lib o‘tadi. Ertasi kuni, 15-iyuldan boshlab medallar tarqatish boshlanadi - Olimpiya oltin medallari o‘ynaladigan birinchi sport turi triatlon bo‘ladi.

Olimpiadaning eng qizg‘in kuni 29-iyul bo‘ladi, unda bir vaqtning o‘zida 35 ta yo‘nalish bo‘yicha final bahslari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. So‘nggi kun, ya’ni 30-iyul kuni jamoaviy sport turlari - basketbol, gandbol, suv polosi va boshqalar bo‘yicha hal qiluvchi o‘yinlar o‘tkaziladi hamda tantanali marosim bilan yopiladi.

Olimpiada o‘yinlari o‘tkaziladigan sanalar, joylar, saralash va final bosqichlari ko‘rsatilgan to‘liq jadval bilan Olimpiya o‘yinlarining rasmiy saytida tanishish mumkin. O‘yinlar dasturiga 32 sport turi bo‘yicha musobaqalar kiritilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing