Oljas Bektenov Qozog‘iston bosh vaziri etib tayinlandi
Siyosat
Qosim-Jomart Tokayev Oljas Bektenovni Qozog‘iston bosh vaziri lavozimiga tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi, deb xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.
2022-yil yanvaridan Qozog‘iston hukumatini boshqargan Alixan Smailov iste’foga chiqqanidan so‘ng, mamlakat hukumati iste’foga chiqdi. Tokayev yangi hukumat tuzilmaguncha vazifalarni bajarishni vazirlar mahkamasiga topshirdi. Bektenovning bosh vazir lavozimiga nomzodi eng yirik “Amanat” siyosiy partiyasi tomonidan taklif qilindi va Majilis uning tayinlanishiga rozilik berdi. Davlat rahbarining farmonida Oljas Bektenov muqaddam egallab turgan lavozimidan ozod etilgani qayd etilgan.
Eslatib o’tamiz, Bektenov 2023-yil aprelidan beri Qozog‘iston Prezident administratsiyasi rahbari lavozimida ishlab kelgan. Turli davrlarda korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Adliya vazirligi, moliya politsiyasi va poytaxt hokimligiga rahbarlik qilgan.

Powered by Froala Editor