OpenAI kompaniyasining bahosi $100 mlrd.dan oshishi mumkin
Texnologiya
OpenAI yangi moliyalashtirish bosqichida kompaniyasining bahosi $100 milliarddan oshishi mumkinligini kutmoqda. Bu jarayonda Microsoft ham boshqa investorlar qatorida ishtirok etishi kutilmoqda.
The Wall Street Journal ma’lumotlariga ko‘ra, OpenAI hozirgi kunda bozorning yetakchisi bo‘lib qolmoqda, ammo raqobat kuchaygani sababli kompaniya o‘z pozitsiyalarini saqlab qolish uchun katta miqdorda mablag‘ talab qilinadi. OpenAI aksionerlari so‘nggi haftalarda kompaniya aksiyalarini $103 milliard qiymatida sotish bo‘yicha muzokaralar olib borgan.
Thrive Capital venchur kompaniyasi moliyalashtirish bosqichiga $1 milliard kiritishni rejalashtirmoqda, Microsoft ham ushbu jarayonda ishtirok etadi. Bu OpenAI uchun Microsoftning $13 milliard investitsiyadan keyingi eng yirik mablag‘ jalb qilish imkoniyati bo‘ladi.
AI bozoridagi kuchli raqobat sharoitida OpenAI o‘z yetakchiligini saqlab qolish uchun milliardlab dollar mablag‘ni tadqiqot va yangi mahsulotlarga sarflashga majbur bo‘ladi. Yangi moliyalashtirish bosqichi kompaniyaning kelajagi uchun muhim ahamiyatga ega.

Powered by Froala Editor