Ostinda otishma: ikki kishi halok, 14 nafar yaralandi

Dunyo

AQShning Texas shtati, Ostin shahrida barlardan biri yaqinida otishma sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, yana 14 nafar fuqaro turli darajada jarohat oldi. Uch nafar jabrlanuvchining ahvoli og‘ir deb baholanmoqda.

Ostinda otishma: ikki kishi halok, 14 nafar yaralandi
Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, erkak yo‘ltanlamas avtomobil oynasidan turib o‘q uzgan. U “Allohning mulki” yozuvi tushirilgan xudi va Eron bayrog‘i tasviri tushirilgan futbolka kiygan bo‘lgan. Hodisa joyiga yetib kelgan huquq-tartibot xodimlari hujumchini otib o‘ldirgan.

Hujumchi Texas shtati fuqarosi Ndiagu Dian sifatida aniqlangan. Uning harakatlariga nima sabab bo‘lgani aniqlanmoqda. Tergovchilar uning uyidan kompyuter va telefonni olib, yozishmalar va materiallarni, jumladan radikal targ‘ibot bilan bog‘liq ehtimoliy izlarni tekshirmoqda.

Huquq-tartibot organlari voqea 28 fevraldan beri davom etayotgan AQSh va Isroilning Eronga qarshi harbiy mojarosi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini ham o‘rganmoqda. Hozircha rasmiy xulosalar e’lon qilinmagan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing