Otamdan qolgan meros!
Maxsus loyiha
"Maqsadlar orzudan boshlanadi. Toʻgʻri tanlangan kasb, orzularimiz amalga oshishida bizga hamroh boʻladi. Hamrohimiz, kasbimiz bir kun kelib meros boʻlib qoladi!", deb o'z sahifasida yozmoqda, Bright Uzbekistan asoschisi Davron Abdullayev.
“1954-yil, 30-yanvar, Abdurahim ismli zabardast yigit dunyoga kelgan kun. Abdurahim Abdullayev mana shunday orzu-xavasli, katta-katta marralarni zabt etishni maqsad qilgan va oʻz maqsadi yoʻlida kasbiga sadoqatli boʻlgan jonkuyar insonlardan boʻlgan.
Esimni tanibmanki “Otamdek boʻlsam deyman” degan xayol, hayotimdagi maqsadlarimni aniqlab olishda menga hamrohlik qilib keladi.
Abdurahim Abdullayev 32 yoshida bu dunyoni tark etadi. Men oʻsha paytlar chamasi 11 oylik jajji bolakay edim. Ular haqida amakilarim, ammajonim, aka opalarimdan koʻp-koʻp soʻzlab berishlarini eshitgim kelar va har safar ular haqida eshitganimda joʻshib ketardim, goʻyoki otam qulogʻimga nimalarnidir shivirlayotgandek tuyular edi.
Otam bilan hamkasb boʻlgan, jigardanda yaqin insonga aylangan ustozim Mirakmal Miralimov meni bugungi yutuqlarimga sabab boʻlgan insonlardan. Ustozim bilan “40+” gazetasini birinchi nashrini chiqarganimiz kechagiday yodimda. Ilk nashrda chop etilgan “jurnalist jannati boʻladimi?”, “Folbin jinning ogʻaynisi”, “Xaykal menga oʻptirdi” kabi qiziqarli va tahliliy maqolalar oʻquvchilar koʻnglidan joy olgan edi.
Yaratgan robbimdan minnatdorman, shunday inson farzandi ekanimdan faxrlanaman. Biz ham, farzandlarimiz biz bilan faxrlana oladigan yetuk inson boʻlaylik ilohim.
Allohdan otamni qabrlari nurga toʻlishini, yaxshi amallari ularga hamroh boʻlishini soʻrab qolaman. Shubhasiz, farzandning ona-otasi haqqiga qilgan duosi qabul boʻladi In Sha Allah”- Davron Abdullayev.

Powered by Froala Editor