O‘tkir burchakdan urilgan gol: Shomurodov FIFA mukofotiga da’vogarlik qilmoqda

Sport

O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov 2026-yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatining eng yaxshi goli uchun nomzodlar qatoridan joy oldi. Uning chiroyli goli FIFA tomonidan turnirning eng yaxshi 12 goli ro‘yxatiga kiritildi.

O‘tkir burchakdan urilgan gol: Shomurodov FIFA mukofotiga da’vogarlik qilmoqda
FIFA tomonidan tashkil etilgan ovoz berishda Lionel Messi, Kilian Mbappe, Erling Holand hamda finalda Argentina darvozasini ishg‘ol qilgan Ferran Torresning gollari ham ishtirok etmoqda.

Shomurodov ushbu ro‘yxatga guruh bosqichida Kongo DR terma jamoasiga qarshi uchrashuvda urgan goli bilan kiritildi. U o‘yinning 10-daqiqasida o‘tkir burchakdan darvozabonni oshirib zarba yo‘llab gol urgan edi. Mazkur gol avvalroq turnirning guruh bosqichidagi eng yaxshi gol deb topilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing