OTMga kirish imtihonlarining birinchi kun natijalari e’lon qilindi

O'zbekiston

Abituriyentlar uch xil usulda test javoblarini bilib olishi mumkin.

OTMga kirish imtihonlarining birinchi kun natijalari e’lon qilindi
2023-yil 1-avgust kuni o‘tkazilgan OTM bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

1-avgust kuni test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini qo‘yidagicha bilishlari mumkin:

my.uzbmb.uz saytining «Natijani olish» bo‘limidan pasport syeriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikasiya raqamini kiritgan holda.

mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

• @e_dtm_mandatbot
• @e_dtm_mandat1bot
• @e_dtm_mandat2bot
• @e_dtm_mandat3bot
• @e_dtm_mandat4bot

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing