«O‘yinni o‘zing belgilaysan»: FIFA U-20 Jahon chempionati 2027 brendini taqdim etdi
Sport
FIFA 2027-yilda O‘zbekiston va Ozarbayjonda o‘tkaziladigan FIFA U-20 World Cup 2027™ musobaqasining rasmiy brendini taqdim etdi. “O‘yinni o‘zing belgilaysan” (U Shape The Game) shiori yosh futbolchilarni yangi yutuqlarga ilhomlantirish va jahon futbolining kelajagida ularning o‘rnini ta’kidlashga qaratilgan.
Brendning asosiy g‘oyasi — yosh futbolchilarga o‘z iste’dodini namoyon etish, xalqaro tajriba orttirish va sport tarixida iz qoldirish imkoniyatini berish. Emblemada O‘zbekiston va Ozarbayjonning madaniy merosidan ilhomlangan milliy naqshlar hamda mozaika elementlari aks etgan. An’anaviy bezaklar zamonaviy geometrik shakllar va yorqin ranglar orqali yangicha talqin qilingan.
Emblema markazidagi stilize qilingan “U” harfi yangi avlod futbolchilarining salohiyatini ifodalaydi. Ko‘k-yashil, yashil, binafsha va qizil ranglar O‘zbekiston va Ozarbayjonni yagona vizual konsepsiya ostida birlashtiradi.
FIFA bosh kotibi Mattias Grafström mamlakat sharafini Jahon chempionatida himoya qilish yosh futbolchilar uchun katta yutuq ekanini ta’kidladi. Turnir ularga turli futbol uslublarini o‘rganish, yangi muhitga moslashish va kuchli tengdoshlari bilan raqobatlashish imkonini beradi. U har ikki mezbon davlatga hamkorlik uchun minnatdorlik bildirib, ishtirokchilar o‘z salohiyatini to‘liq namoyon etishi uchun sharoit yaratish muhimligini qayd etdi.
Ozarbayjon futbol federatsiyalari assotsiatsiyasi prezidenti Rovshan Najaf musobaqani yosh futbolchilarni rivojlantirish, xalqaro tajriba orttirish va muxlislarning futbolga qiziqishini oshirish uchun muhim maydon deb atadi. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov esa turnir ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashiga ishonch bildirdi.
2027-yilgi chempionat turnir tarixidagi 25-musobaqa bo‘lib, 1977-yilda Tunisda o‘tkazilgan ilk chempionatning 50 yilligiga to‘g‘ri keladi. Diego Maradona, Lionel Messi va Erling Holand ham faoliyatlarining dastlabki bosqichlarida ushbu turnirda qatnashgan.
Brend taqdimotiga bag‘ishlangan tadbirlar Boku va Toshkentda davom etadi. Rasmiy emblemani ikki shahar diqqatga sazovor joylarida namoyish etish rejalashtirilgan.

Powered by Froala Editor