Ozarbayjon va Kongo neft va neft mahsulotlari savdosi bo'yicha hamkorlikni muhokama qildi

Dunyo

Ozarbayjon va Kongo neft va neft mahsulotlari savdosi bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi, deya xabar bermoqda “Report” Ozarbayjon Davlat neft kompaniyasiga (SOCAR) tayanib.

Ozarbayjon va Kongo neft va neft mahsulotlari savdosi bo'yicha hamkorlikni muhokama qildi
6-mart kuni SOCAR prezidenti Rovshan Najafning Kongo Prezidentining strategik masalalar va xalqaro hamkorlik bo'yicha shaxsiy vakili Fransua Joli bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi. Unda Ozarbayjon va Kongo o'rtasidagi neft-gaz sohasidagi hamkorlik salohiyati muhokama qilindi.

Uchrashuvda Ozarbayjon tashabbusi va ishtirokida amalga oshirilayotgan global energetika loyihalari, SOCAR’ning turli mamlakatlardagi faoliyati, sheriklar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar kabi neft-gaz sohasining turli jihatlari muhokama qilindi. Ishtirokchilar, shuningdek, inson kapitalini rivojlantirish va o’zaro manfaatli boshqa masalalarni ham muhokama qildilar.

Eslatib oʻtamiz, SOCAR (State Oil Company of Azerbaijan Republic) Ozarbayjon Respublikasining 1992-yil 13-sentabrda tashkil etilgan neft va gazni qazib olish, tashish va qayta ishlash bilan shugʻullanuvchi davlat neft kompaniyasi hisoblanadi. Kompaniya faoliyati neft mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotishni, shuningdek, mamlakat ichida va xorijdagi energetika loyihalariga investitsiyalarni o'z ichiga oladi. SOCAR Ozarbayjon energetika sohasini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi va jahon energetika bozorida muhim ishtirokchi hisoblanadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing