O‘zbek mayizi 57 mamlakat bozoriga chiqdi, eksport $60 mln ga yetdi

Iqtisodiyot

2026-yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekiston 57 ta xorijiy mamlakatga 47,7 ming tonna mayiz eksport qildi. Eksport qiymati $60 mlnni tashkil etdi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan eksport hajmi 704,5 tonnaga oshdi.

O‘zbek mayizi 57 mamlakat bozoriga chiqdi, eksport $60 mln ga yetdi
O‘zbek mayizining eng yirik xaridori Qozog‘iston bo‘ldi — mamlakatga 15,2 ming tonna mahsulot yetkazib berildi. Ikkinchi o‘rinni 6 ming tonna bilan Xitoy, uchinchi o‘rinni esa 5,6 ming tonna bilan Rossiya egalladi.

Eksportning asosiy yo‘nalishlari qatoridan Turkiya — 3,9 ming tonna, Eron — 1,7 ming tonna, Ukraina — 1,6 ming tonna va Ozarbayjon — 1,4 ming tonna ham joy oldi.

Gruziyaga 1,2 ming tonna, Birlashgan Arab Amirliklariga 1,1 ming tonna, Germaniyaga esa 1 ming tonna o‘zbek mayizi eksport qilindi. Braziliyaga yetkazib berilgan mahsulot hajmi 994,2 tonnani tashkil etdi.

Qolgan xorijiy bozorlarga jami qariyb 8 ming tonna mayiz yetkazib berilgan.

Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning birinchi yarmida o‘zbek mayizi eksporti Markaziy Osiyo, Yevropa, Yaqin Sharq va boshqa mintaqalardagi mamlakatlarni qamrab oldi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing