O'zbek milliy taomlari "Dunyo pazandachilik hikoyalari" kitobiga kiritildi
Dunyo
O'zbekistonning o'ziga xos pazandachilik san'ati Tailandda chop etilgan "Dunyo pazandachilik hikoyalari" ("Global Culinary Stories") kitobidan o'rin oldi. Mazkur nashr "Elite+" jurnalining xalqaro masalalar bo'yicha maslahatchisi Ketlin Pokrud tomonidan tuzilgan.
Unda Tailanddagi 45 ta xorijiy diplomatik vakolatxonalar tomonidan taqdim etilgan milliy oshxonalar haqidagi maqolalar o'rin olgan. "Global Culinary Stories" kitobi – bu barchani birlashtiruvchi turli madaniyatlar va hikoyalarni aks ettiruvchi taomlar tayyorlanish hikoyalari va retseptlarining boy to'plami ekanligi haqida Tailand malikasi Maha Chakri kitob so'zboshida aytgan.
Kitobda O'zbekistonning Bangkokdagi bosh konsuli Faxriddin Sultonovning uch ming yildan beri shakllangan, o'zining nafis taomlari bilan mashhur bo'lgan va boy pazandalik an'analarini mujassam etgan o'zbek oshxonasi haqidagi maqolasi o'rin olgan.
Unda o'zbek palovi, manti va somsa kabi mashhur milliy taomlarimizni tayyorlash usullari bo'yicha retseptlar taqdim etilgan.
Kitob taqdimot marosimida diplomatik korpus, davlat va xususiy sektor vakillari ishtirok etishdi. Tadbir doirasida, uning ishtirokchilariga O'zbekiston Bosh konsulxonasi tomonidan o'zbek palovi, somsa va turli milliy taomlar ulashildi, deb xabar bermoqda Dunyo AA.

Powered by Froala Editor