O‘zbekiston Afg‘onistonga 290 tonnadan ortiq yordam yubordi
O'zbekiston
18 mart kuni O‘zbekiston Afg‘onistonga Ramazon hayiti munosabati bilan umumiy og‘irligi 290 tonnadan ortiq gumanitar yordam yubordi.
Yordam tarkibiga un, guruch, bug‘doy, o‘simlik yog‘i, tez tayyorlanadigan ovqatlar, makaron va konfet mahsulotlari kabi turli oziq-ovqatlar kiradi. Gumanitar yordam rasmiy ravishda Hayraton shahrida topshirildi.
Tadbirda Balx viloyati gubernatori o‘rinbosari Mavlavi Abu Idris va viloyat TIV vakillari, shuningdek, mahalliy ma’muriyat xodimlari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga doimiy e’tibor, amaliy yordam va afg‘on xalqiga ko‘rsatilgan birdamlik uchun minnatdorlik bildirdi.
Tadbirda O‘zbekistonning Afg‘onistondagi elchisi Oybek Usmanov va Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ham ishtirok etdi. Ushbu tashabbus ikki davlat o‘rtasidagi qo‘shnichilik va do‘stlik munosabatlarini mustahkamlash, shuningdek, muqaddas bayram vaqtida aholiga yordam ko‘rsatishga qaratilgan.

Powered by Froala Editor