O‘zbekiston ayollar boksi Osiyodagi yetakchilik maqomini tasdiqladi

Sport

O‘zbekistonlik bokschi qizlar 2026 yilgi Osiyo chempionatida ikki yosh toifasida ham jamoaviy hisobda g‘olib chiqib, Osiyoning eng kuchli ayollar boks maktablaridan biri ekanini yana bir bor isbotladi. Musobaqa yakunida terma jamoa 10 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston ayollar boksi Osiyodagi yetakchilik maqomini tasdiqladi
O‘zbekiston terma jamoasi qizlar o‘rtasidagi U19 va U23 Osiyo chempionatida har ikki yosh toifasida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Har ikki toifada Qozog‘iston ikkinchi, Hindiston esa uchinchi o‘rinni band etdi.

U23 bahslarida o‘zbekistonlik bokschilar 6 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, chempionliklar soni bo‘yicha raqiblarini sezilarli ortda qoldirdi.

U19 toifasida ham terma jamoa ishonchli natija qayd etdi. Yosh sportchilar 4 ta oltin va 2 ta kumush medal bilan umumjamoa hisobida yana birinchi o‘rinni egalladi.

Chempionat yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston vakillari 15 ta medal, jumladan 10 ta oltin medalni qo‘lga kiritib, musobaqaning eng muvaffaqiyatli ayollar jamoasiga aylandi.

Mutaxassislar ushbu natija mamlakatda ayollar boksi tizimli ravishda rivojlanayotgani va kuchli sport zaxirasi shakllanayotganini ko‘rsatishini ta'kidlamoqda. Endi e'tibor U19 va U23 toifalaridagi erkaklar final janglariga qaratilgan bo‘lib, O‘zbekiston delegatsiyasi medallar sonini yanada oshirishni maqsad qilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing