O‘zbekiston BMT Xavfsizlik kengashi a’zoligiga o‘z nomzodini qo‘ydi
O'zbekiston
O‘zbekiston BMT Xavfsizlik kengashining 2035-2036 yillar uchun doimiy bo‘lmagan a’zoligiga o‘z nomzodini qo'ydi. Bu haqida O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili, elchi Ulug‘bek Lapasov Xitoy raisligida BMT Xavfsizlik kengashining ko‘p tomonlama va global boshqaruv institutlarini isloh qilish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishida ma’lum qildi.
“Dunyo” axborot agentligining xabar berishicha, yig‘ilishda O‘zbekistonning BMT bilan o‘zaro hamkorlikning eng ustuvor masalalari bo‘yicha rasmiy pozitsiyasi xalqaro hamjamiyatga yetkazilgan. Yig‘ilish ishtirokchilari O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar bilan yaqindan tanishgan.
“O‘zbekistonning ko‘p qirrali, global boshqaruvni mustahkamlash va takomillashtirish tarafdori ekanligi alohida ta’kidlandi. Shuningdek, mintaqaviy hamkorlik muhimligi va Afg‘onistonni iqtisodiy tiklashdan manfaatdor ekani qayd etildi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, O‘zbekiston transmilliy tahdidlarga, jumladan, giyohvandlik moddalarning noqonuniy aylanishi, terrorizm va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda BMT bilan hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyorligi tasdiqlangan.
“Ishtirokchilarga iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish va yoshlar imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan "O‘zbekiston-2030" strategiyasining mazmun-mohiyati va ahamiyati xususida so‘zlab berildi. O‘zbekistonda 2025 yil – "Atrof-muhitni muhofaza qilish va "yashil iqtisodiyot" yili", deb e’lon qilingani qayd etildi. Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish maqsadida o‘rmonlar barpo etish, suvni tejash, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani ma’lum qilindi. Shuningdek, Orolbo‘yida barqaror rivojlanishni xalqaro qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish zarurligi ta’kidlandi”, deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, a’zo davlatlar 2025 yil iyun oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan BMTning "Besh yil – 2030 yilgacha: Barqaror kelajak uchun davlat xizmatlarini ko‘rsatishni jadallashtirish" mavzusidagi davlat xizmatlari forumiga taklif qilindi.
“O‘zbekistonning global tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash tarafdori ekanligiga urg‘u berildi. Shu nuqtai nazardan, O‘zbekiston BMT Xavfsizlik kengashining 2035-2036 yillar uchun doimiy bo‘lmagan a’zoligiga o‘z nomzodini ilgari surgani ma’lum qilindi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, BMT Xavfsizlik Kengashida doimiy bo‘lmagan 10 ta a’zo va doimiy 5 ta a’zo – AQSH, Buyuk Britaniya, Rossiya, Fransiya va Xitoy mavjud. Xavfsizlik Kengashining doimiy 5 ta a’zosida rezolyutsiyalarga veto qo‘yish huquqi bor.

Powered by Froala Editor