Yer ostidagi gaz portlashi o‘nlab xitoylik konchilar umriga zomin bo‘ldi

Dunyo

Yer ostida yuzlab ishchilar bo‘lgan vaqtda to‘plangan gaz alovlanib, kon yo‘laklarini olovli tuzoqqa aylantirgan. Qutqaruv xizmatlari tunu kun vayronalar aro yo‘l ochishga urinib, qidiruv ishlarini olib bormoqda, mamlakat rahbariyati esa ushbu fojiaga sababchi bo‘lgan barcha aybdorlarni qattiq jazolashni talab qilmoqda.

Yer ostidagi gaz portlashi o‘nlab xitoylik konchilar umriga zomin bo‘ldi
Xitoy shimolidagi Shansi provinsiyasining Sinyuan uezdidagi “Lyushenyuy” ko‘mir konida gaz portlashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 82 kishiga yetdi. Xitoy Markaziy televideniyesining xabar berishicha, yana to‘qqiz nafar konchi hozirgi vaqtda bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida qolmoqda.

Fojia juma kuni mahalliy vaqt bilan soat 19:29 da yuz bergan. Kuchli yer osti portlashi sodir bo‘lgan lahzada konda 247 nafar ishchi bo‘lgan. Hodisa joyida qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda. XXR Raisi Si Szinpin vaziyatni nazoratga olib, odamlarni qutqarishga bor kuchni safarbar etish va aybdorlarni qonun doirasida qat’iy javobgarlikka tortish bo‘yicha topshiriq berdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing