O‘zbekiston Butunjahon Universiadasida dastlabki medalni qo‘lga kiritdi

Sport

Dzyudo bellashuvlarida o‘zbekistonlik Kamoliddin Baxtiyorov bronza medalini qoʻlga kiritdi. Universiada o‘yinlari 8-avgustga qadar bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Butunjahon Universiadasida dastlabki medalni qo‘lga kiritdi
Xitoyning Chendu shahri bo'lib oʻtayotgan XXXI yozgi Butunjahon Universiada o‘yinlarining dzyudo bellashuvlarida o‘zbekistonlik Kamoliddin Baxtiyorov bronza medalini qoʻlga kiritdi. Bu haqda Milliy Olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, musobaqaning 60 kilogramm vaznida ishtirok etgan Kamoliddin Baxtiyorov saralash bellashuvlarini muvaffaqiyatli o‘tkazib, chorak final va yarim finalda Xitoy Taypeyi va Mo‘g‘iliston vakillari bilan kurashlar natijasiga ko‘ra, bronza medalini qo‘lga kiritgan.

Eslatib o‘tamiz, Universiada o‘yinlarida 119 ta davlatdan 5100 nafardan ziyod talaba-sportchilar 269 ta medallar jamlanmasi uchun kurash olib bormoqda.

Universiada o‘yinlari 8-avgustga qadar bo‘lib o‘tadi. Bu yilgi Universiadada O‘zbekiston delegatsiyasi taekvondo WT, dzyudo, ushu, gimnastika, tennis, qilichbozlik va yengil atletika sport turlarida 77 nafar atlet bilan qatnashadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing