O’zbekiston delegatsiyasi hisobiga yana ikkta oltin medal

Sport

Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev va Lazizbek Mullojonov boks bo’yicha -71 kg va -92 kg vazn toifalarida tengsiz deb topildilar.

O’zbekiston delegatsiyasi hisobiga yana ikkta oltin medal
Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev -71 kg vazn toifasida Olimpiya oʻyinlari chempionligini qoʻlga kiritdi. Murosasiz ruhda oʻtgan final jangida yurtdoshimiz meksikalik Marko Alvaresni magʻlubiyatga uchratishga muvaffaq boʻldi.

Fargʻona boksining yana bir yorqin vakili Lazizbek Mullojonov Oʻzbekiston delegatsiyasiga navbatdagi oltin medalni taqdim qilmoqda. -92 kg vazn toifasida ishtirok etgan yurtdoshimiz chempionlik bahsida ozarbayjonlik Loren Alfonso Domingesni magʻlub etib, oltin medalga sazovor boʻldi.

Ta'kidlash joizki, O'zbekiston Olimpiada medallari umumjamoa hisobida 14-o'rinni egallab turibdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing